Jizzaxlik mard oʻgʻlonlar muddatli harbiy xizmatga joʻnab ketdi

0
5057

Chaqiruv yoshiga yetib, belgilangan saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan jizzaxlik bir guruh yoshlar Qurolli Kuchlarimiz saflariga yoʻl oldilar.

Muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun yoʻl olgan mard oʻgʻlonlarni tantanali kuzatish marosimida viloyat hokimligi, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda chaqiriluvchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Viloyat hokimligi va okrug qoʻmondonligi tomonidan Jizzaxning alp oʻgʻlonlariga yaxshi tilaklar bildirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi. Garnizon harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy va qoʻshiqlar yigʻilganlarga bayramona kayfiyat tuhfa etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati