Namanganda ham oʻgʻlonlar yigitlik burchini oʻtashga yoʻl oldi

0
2821

Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi “Chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash markazi”da viloyatdagi yoshlarni muddatli harbiy xizmatga joʻnatish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi, Yangi Namangan tumani hokimligi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, faxriylar va chaqiriluvchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida askarlarga Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda hokimlik tomonidan tayyorlangan shaxsiy gigiyena vositalari bilan butlangan sumkalarni topshirildi. Shundan soʻng bayramona dasturxon tashkil etildi. Er yigitlar xizmat manzillari tomon tantana bilan kuzatildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati