Navoiylik yoshlar har bir kunning har bir daqiqasini qadrlamoqda

0
2700

Markaziy harbiy harbiy okrugning Navoiy garnizonida oʻtkazilayotgan “Yosh vatanparvalar yigʻini” davom etmoqda. Unda ishtirokchilar yigʻin dasturiga koʻra har bir kunning har daqiqasini mazmunli va maroqli oʻtkazib kelishmoqda.

Xususan, jismoniy va saf tayyorgarligi, jangovar mashgʻulotlar, sport musobaqalari, kasb-hunar oʻrganishga va tadbirkorlikka yoʻnaltirilgan seminar treninglar kun davomida dasturdan oʻrin olgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini taʼminlash borasidagi ezgu ishlar, yoshlar uchun berilgan imkoniyatlar va yaratilayotgan shart-sharoitlarni keng targʻib etish maqsadida “Uch avlod” hamda “Prokuror va yoshlar” uchrashuvlari oʻtkazildi.

Dam olish kunlarida yoshlarning madaniy va maʼrifiy dunyoqarashlarini yanada yuksaltirish hamda uni mazmunli oʻtkazish maqsadida tarixiy obidalar va muzeylarga sayohatlar tashkil etilib, kechki dasturlarda teatr va konsert dasturlari namoyish etilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati