Mutaxassislar kasbiy malakasi yanada mustahkamlandi

0
4948

Fargʻona garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida okrug qoʻshinlaridagi harbiy qism va muassasalar batalon va vzvod komandirlarining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari organi ofitserlarining oʻquv uslubiy yigʻini boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda okrug qoʻshinlari qoʻmondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Shuhrat Abdullayev ishtirok etib, bugungi kunda shaxsiy tarkib bilan ishlashga yangicha tizim bilan yondashishni, ayniqsa yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda rangba-rang usul va uslublardan foydalanish zarurligi toʻgʻrisida aytib oʻtdi.

Shundan soʻng okrug harbiy psixologi soʻzga chiqib, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy holatlarini barqarorlashtirish borasida uslubiy tavsiyalar muntazam oʻtkazilib borishi toʻgʻrisida tushuntirib oʻtdi.

Shu bilan birga, okrugning tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi ofitserlarining maʼruzalari tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar qatorida okrug matbuot xizmati boshligʻi ham oʻzining tahliliy maʼruzasi bilan ishtirok etdi. Maʼruzada tashkil etilayotgan tadbirlarning tasvirga olish jarayonlari haqida soʻz yuritildi. Tadbirlarni suratga olish jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish lozimligi toʻgʻrisida bir qator tavsiyalar berib oʻtildi.

Shundan soʻng ishtirokchilar “Fargʻona” dala oʻquv maydonida tashkil etilgan ruhiy tayyorgarlik shaharchasida ham boʻlishdi. Undagi sharoitlar bilan tanishib, bir qator maʼlumotlar olishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati