Yosh vatanparvarlar kasb-hunar oʻrganishga kirishdi

0
5141

Markaziy harbiy okrugning Navoiy garnizonidagi harbiy qismda oʻtkazilayotgan “Yosh vatanparvarlar yigʻini”ning ikkinchi kunini yoshlar erta tongdan badantarbiya mashgʻulotlari bilan koʻtarinki kayfiyatda boshlashdi.

Shundan soʻng dunyo va mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyat, jangovar, muhandislik hamda ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish tayyorgarliklari boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Yigʻin ishtirokchilarini kasbga yoʻnaltirish va oʻz kelajagini belgilashida koʻmaklashish maqsadida yoshlar Navoiy shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida boʻlishdi.

Unda dastlab yoshlarga markaz rahbariyati tomonidan kasbhunarlar boʻyicha ustozlar tanishtirildi va xar bir ishga qoʻl urish avval texnika xavfsizlik qoidalariga rioya etishdan boshlinishi boʻyicha yoʻriqnomalar berib oʻtildi.

“Yosh sartaroshlar”, “Yosh santexniklar”, “Yosh mebelchilar”, “Yosh akfachilar”, “Maishiy texnikalarga xizmat koʻrsatish”, “Avtotexnik xizmat koʻrsatish” guruhlariga boʻlingan yoshlarga soha mutaxassislari tomonidan dastlabki nazariy bilimlar berib oʻtildi.

Kuni kecha umuman boshqacha tasavvur va xayollarda yurgan yoshlar ikkinchi kundayoq hukumatimiz tomonidan ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni chuqur anglab, yurt ravnaqiga hissa qoʻshishni, oʻzlarida yurtparvarlik, ishbilarmonlik, sportsevarlik, sanʼatsevarlik kabi hislarini shakllantirib, ushbu kasb-hunari orqali bor istedodlarini namoyon etishga kirishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati