“Yoshlar press-klubi”da harbiylar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashidagi “Yoshlar press-klubi”da Qurolli Kuchlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradaorligini oshirish konsepsiyasining ikkinchi bosqichida belgilangan vazifalar bajarilishiga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi.

Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti kursantlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va bloggerlar ishtirok etdi.

Mudofaa vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda oliy harbiy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, masʼul mutaxassislardan tuzilgan press klub sessiyasi spikerlari Qurolli Kuchlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradaorligini oshirish mexanizmlari, konsepsiyaning ikkinchi bosqich boʻyicha oliy harbiy taʼlim muassasalari va oliy taʼlim muassasalarining harbiy kafedralarida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida olib borilayotgan ishlar jarayonlari, shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni jadallashtirish borasidagi vazifalar xususida soʻz oldi.

Qizgʻin bahs-munozaralar ruhida oʻtgan anjuman davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati