Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha hamkorlik masalalari yangi bosqichga olib chiqilmoqda

0
1789

Mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini shakillantirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Yoshlar ijod saroyi”da Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlik rahbariyati, Yunusobod tumani sektor rahbarlari va tumanning 500 ga yaqin yoshlari ishtirokida “Rahbarlar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida harbiy orkestr jamoasining musiqiy chiqishlari, harbiy xizmatchilar ijrosida tarixiy buyuk siymolar va millat oydinlarini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Shuningdek, Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligi va Yunusobod tumani hokimligi bilan yoshlar bilan ishlash boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar bugungi kunda milliy armiyamizda olib borilayotgan islohotlar, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda ustuvor masalalar yuzasidan maʼruzalar qilishdi.

Tadbir soʻnggida turli yoʻnalishlarda oʻz salohiyatini namoyish qilib, respublika va xalqaro miqyosidagi tanlovlarda yuqori natijalarni koʻrsatib kelayotgan yoshlarga esdalik sovgʻalari topshirildi. Samimiy va ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda yoshlar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javob olishdi.