Tarix bilimdonlari aniqlandi

0
952

Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi, Yozuvchilar uyushmasi,  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi hududiy kengashi bilan hamkorlikda kursantlar o‘rtasida “Tarix bilimdoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlov harbiy xizmatchilarning maʼnaviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuklastirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, milliy tariximizni chuqur oʻrganishga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda tafakkurini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

Tanlov ishtirokchilari jahon va Oʻzbekiston tarixi hamda harbiy sanʼat tarixiga oid savollardan iborat “Blits savollar”, “Test sinovlari” va “Suratdagi tarix” kabi shartlarda bellashdi.

Ko‘rik tanlovi qizg‘in bahs-munozaraga boy o‘tdi. Kursantlar bunda egallagan bilimi va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdi. Yakunda kursant Samandar Ibrohimov mutlaq g‘alabaga erishib, vazirlik bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

 Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

 

 

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting