Samarqandda chaqiruv mavsumi qizgʻin pallaga kirdi

0
3127

Samarqand garnizonida muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvni samarali tashkil etish maqsadida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va Milliy gvardiya vakillari tarkibida Rahbariyat kengashi va harbiy tibbiy komissiya tuzildi.

Ayni vaqtda Rahbariyat kengashi tomonidan har bir chaqiriluvchini qoʻshin turlariga tayinlash, tegishli idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va jamoat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik ishlari qizgʻin pallada olib borilmoqda.

Jumladan, milliy armiyamiz saflarida yigitlik burchini ado etishni maqsad qilgan er yigitlar Samarqand viloyati Mudofaa ishlar boshqarmasida yakuniy harbiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun tegishli qoʻshin turlariga qarab saralanmoqda.

Xususan, chaqiriluvchilar barcha meʼyorlarga amal qilingan holda tibbiy tekshiruvdan oʻtib, Vatan himoyasi borasidagi harbiy xizmatga shaylanyapti.

Bu kabi qatʼiy nazorat va hamjihatlikda olib borilayotgan ishlar armiyaga eng sara oʻgʻlonlar chaqirilishini kafolatlaydi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati