Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun qulaylik

0
2537

Bugun Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugning bir guruh harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkaziga tashrif buyurishdi. Harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ish bilan taʼminlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilar taʼlim dargohidagi barcha yoʻnalishlar bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Tadbir davomida qatnashchilarga mutaxassislar tomonidan markaz faoliyatiga oid batafsil maʼlumotlar aytib oʻtildi.

Shu kuni harbiy xizmatchilar oila aʼzolari orasidan baʼzilari oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib, markazda kasb-hunarga oʻqish istagini bildirdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, hozirga vaqtda markazda 35 ta yoʻnalishda oʻquv kurslar mavjud. Shundan 28 ta kasbga tayyorlash, 3 ta xorijiy tillar, 2 ta raqamli texnologiyalar va 1 ta tadbirkorlik kursi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati