Buxoroda harbiy xizmatchilar intellektual zakovat o`yinida bellashdilar

0
2531

Mudofaa vazirligining Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qismda Buxoro va Qashqadaryo viloyatida joylashgan harbiy qismlar harbiy xizmatchilari ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni doirasida she’riyat sultoni Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning tavvalludiga bag‘ishlangan intellektual zakovat o`yinida bellashdilar.
Bellashuvni Buxoro viloyati Qorovulbozor tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari va 8-sonli maktab o‘qituvchilaridan tashkil topgan hakamlar hay’ati jamoasi baholab bordi.

Tadbir yakuniga ko‘ra Qashqadaryo viloyat Nishon tumanida joylashgan harbiy qism jamoasi 3-o‘rin, G‘uzor tumanida joylashgan harbiy qism 2-o‘rin va mezbon jamoa Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qism 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Tadbirda Alisher Navoiy va Mirzo Boburning ona Vatanga muhabbat aks etgan g‘azallar ham ijro etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti