Yangi Oʻzbekiston strategiyasi kitobining taqdimot marosimi oʻtkazildi

0
2190

Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida Qurolli Kuchlar tashkil etilganliging 30 yilligi hamda Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuv va suhbatlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan harbiy qismda oʻtkazilgan bu galgi tadbir ham Vatanparvarlik oyligi tadbirlarining uzviy davomi boʻlib, unda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida soʻnggi yillarda olib borilayotgan ulkan islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi va milliy armiyamiz – yoshlar uchun jasorat, matonat va haqiqiy qahramonlik maktabiga aylanib ulgurganligi alohida eʼtirof etildi.
Harbiy qismda tashkil etilgan shart-sharoitlar, zamonaviy qurol-aslaha va harbiy tehnikalar koʻrigi, buyuk bobokalonlarimizning qahramonliklari va siymosi aks ettirilgan tematik sinflar mehmonlar va ertamiz egalarining qalbida iliq taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida falsafa fanlari doktori, professor, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi eksperti, xalqaro toifadagi spiker, Jamila Shermuxammedova tomonidan “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobining taqdimot marosimi oʻtkazildi.
Ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etishib, yetarlicha javoblar olishdi.
Bu kabi ijodiy uchrashuvlar ertamiz egalarini keng dunyoqarashli va yuksak maʼnaviyatli etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti