Markazda navbatdagi ilmiy-uslubiy konferensiya o‘tkazildi

0
663

Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimizda armiyamizning tayanchi va suyanchi bo‘lgan serjantlarga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Ulardagi komandirlik, yetakchilik va liderlik qobiliyatlarini yanada rivojlantirishda jahon tajribasi bilan bir qatorda milliy qadriyatlarimizdan bo‘lgan ustoz-shogird an’analari ham uyg‘unlikda olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kichik mutaxassislar tayyorlash Markazida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kichik komandirlar va serjantlarning komandirlik, yetakchilik va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan ilmiy-uslubiy konferensiyada ham aynan ushbu masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Unda mamlakatimizdagi qator oliy harbiy ta’lim mussasalar vakillari, Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Qorovul qo‘shinlari, DXX Chegara qo‘shinlari mutaxassislari hamda Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Konferensiyada ma’ruzachilar tomonidan zamonaviy Qurolli Kuchlarimizda kichik komandirlarning o‘rni va roli, yetakchilik hamda liderlik qobiliyatlari ularni jangni mohirona boshqarishlari, zamonaviy harbiy texnika, qurol-aslaha va aloqa boshqaruv vositalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari haqida fikr-mulohazalar batafsil yoritib berildi.

Kun tartibiga qo‘yilgan barcha o‘quv savollari, takliflar va qiziqarli savol-javoblar orqali interfaol usulda o‘tkazildi. Konferensiya ilmiy jihatdan o‘z isbotini topdi. Konferensiya ishtirokchilari katta tajriba va malakalarga ega bo‘ldilar hamda tadbirda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar Markaz boshlig‘ining faxriy yorlig‘i va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Kichik serjant Xayrullo ULMASOV