“Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida harbiy qismlarga tashrif buyurgan minglab yoshlar

0
696

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona, Andijon va Namangan garnizonlaridagi harbiy qismlarda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashlari va oʻquvchi yoshlar ishtirokida ochiq eshiklar kuni boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida yoshlar, harbiy xizmatchilar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida harbiy qismlarda ekskursiya tashkil etildi.

Shundan soʻng, bir kun davomida oʻquvchi yoshlarga harbiy qismda yaratilgan sharoitlar va qurol-aslahalar hamda koʻrgazmali qoʻl jangi namoyishlari tashkil etilib, ular Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi tematik sinfxonalari bilan tanishtirildi.

Yoshlarga buyuk sarkardalarning harbiy yurishlari va jang sanʼatida tutgan oʻrni hamda saltanat boshqaruvi hamda uni idora qilishdagi strategiyalari haqida tushunchalar berildi.

Shundan soʻng yoshlar harbiy akalarining mashgʻulot jarayonlari bilan tanishdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati