Nukusda harbiy xizmatchi “E’tirof-2021” tanlovida rag‘batlantirildi

0
522

Kecha, 15-dekabr kuni Nukus shahrida o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining “Xoshamet-2021” (“E’tirof-2021) tanlovining taqdirlash marosimida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning Nukus garnizonidagi Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida vzvod komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilayotgan kapitan Botir Bekmurodov “Yilning eng yaxshi yoshlar yetakchisi” nominatsiyasida rag‘batlantirildi.

Bundan tashqari Botir Bekmurodov 2021-yilda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida “Eng ilg‘or boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovida 1-o‘rinni hamda “Eng yaxshi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi xonasi” nominatsiyasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, B.Bekmurodov Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha kuch tuzilmalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Eng yaxshi boshlang‘ich tashkilot yetakchisi” tanlovida faxrli 2-o‘ringa loyiq deb topilgan.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati