Faxriylarning birdamlikka hissasi

0
443

Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 30 yillik tantanalari yaqinlashgani sari uning shukuhi turli harbiy qism va muassasalarda ortib bormoqda. Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari tomonidan Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlariga qarashli hariy qismlardan birida oʻtkazilgan uchrashuv ham ayni fikrimizning dalili boʻldi.

“Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostidagi muloqotda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi, senator S.Turdiyev hamda kengashning Toshkent viloyat hududiy boʻlinmasi aʼzolari, faxriylar ishtirok etdilar.

Yangiyoʻl shahridagi 2- va 5-umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ularning hayotiy voqealarga boy maʼruzalarini tingladilar. Harbiy texnikalar namoyishi, kutubxona, yotoqxona, oshxona, harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar yigʻilganlarning bugungi kun armiyasi haqidagi tasavvurlarini boyitdi.

Jangovar va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikda erishgan yutuqlari uchun bir qator Vatan himoyachilari Faxriy yorliq hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar. Ushbu tashrif xalq va armiya birdamligiga erishishda faxriylarning munosib hissasi boʻldi.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti