Harbiylar “Samarqand shahar kuni”da sohibqiron haykaliga gulchambarlar qoʻyishdi

0
805

Bugun, 18-oktyabr yer yuzining sayqali, Sharq gavhari, boʻlgan “Samarqand shahar kuni”.
“Samarqand shahri kuni” munosabati bilan tashkil etilayotgan asosiy bayram tadbirlari Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi.

Oʻtgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bagʻishlab Qurʼon tilovat qilindi.

Shundan soʻng viloyat va shahar hokimliklari, kuch tuzilmalari, korxona va tashkilotlar, taʼlim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gullar qoʻyildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati