Surxon vohasida xalqaro uloq-koʻpkari musobaqasi boʻlib oʻtmoqda

0
1252

Surxondaryo viloyatida ilk bor oʻtkazilayotgan xalqaro uloq-koʻpkari musobaqasining birinchi kunida Otchopar sport maydonidagi “Qorabayir otlari mahorat maktabi”da xorijlik va mamlakatimiz chavandozlari jamoalarining maydonga tushishi qurʼa tashlash yoʻli bilan ochiq, oshkora aniqlab olindi.

Ayni vaqtda Termiz tumanida joylashgan “Qorabayir otlari mahorat maktabi”da uloq-koʻpkari boʻyicha xalqaro turnirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtyapti.

Unda viloyat hokimi Toʻra Bobolov soʻzga chiqib, turnir ishtirokchilari, mehmonlar va koʻpkari ishqibozlarini samimiy tabrikladi.

Tadbirda Surxon vohasining milliy kuy va qoʻshiqlari hamda Termiz garnizoni harbiy orkestr jamoasining chiqishlari tomoshabinlarga manzur boʻldi.

Xalqaro bellashuvda Oʻzbekiston, Rossiya, Qozogʻiston kabi davlatlarning eng mohir chavandozlari gʻoliblik uchun oʻzaro kuch sinashmoqda.

Ushbu musobaqada Janubiy operativ qoʻmondonligi tasarrufidagi harbiy qismning otliq boʻlinmasi ham ishtirok etyapti.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni