O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida o‘tkazilgan islohotlarning davrlarga bo‘linishi

Birinchi davr (1998-2000 y)

Bu davr – QK takomillashuvi va harbiy – ma’muriy bo‘linishi davri.

1. Harbiy okruglar, chegara tumanlari, Ichki qo‘shinlarning hududiy bo‘linmalarining tashkil etilishi;

2. Qo‘shinlarning asosiy strategik yo‘nalishlarda to‘planishi;

3. HHKning HHM bilan birlashuvi;

4. Maxsus operatsiya kuchlarining yaratilishi;

5. Harbiy qism va bo‘linmalarning yangi tashkiliy-shtat tizimining ishlab chiqarilishi, uni mashqlar davomida tekshirib ko‘rilishi.

Ikkinchi davr (2000-2002y)

Bu davrda Qurolli Kuchlar boshqaruv tizimining islohotlashtirilishi o‘tkazildi.

1. Qurolli Kuchlarlarning Birlashgan shtabning yaratilishi;

2. Mudofaa vazirligi va Birlashgan shtabning vakolatlarining ajratilishi;

3. Mudofaa vazirligi, Ichki qo‘shinlar bo‘linmalari hamda front orti va texnik ta’minlov bo‘linmalarida yangi tashkiliy-shtat tizimining kiritilishi;

4. Maxsus operatsiya kuchlari brigadasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi ichki qo‘shinlarida va Chegara qo‘shinlarida maxsus-qidiruv bo‘linmalarining kengaytirilishi;

5. Yangi jangovar nizomlar, qo‘llanmalar va yo‘riqnomalarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;

6. Harbiy okruglarda serjantlar tayyorlash maktablarining ochilishi.

Uchinchi davr (2003-2005y)

Qo‘shinlarni to‘ldirilishining sifatli o‘zgartirilishi va ta’minlanishi.

1. Qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligi va jang olib borish qobiliyatining asosi hisoblangan jangovar tayyorgarlikning samaradorligini oshirish;

2. Qurolli Kuchlar tizimini optimallashtirish;

3. Qurolli Kuchlarning bosqichma-bosqich shartnoma asosiga o‘tishi;

4. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining uzluksiz, ko‘p bosqichli va samarali harbiy ta’limini va harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish;

5. Zaxira tayyorgarligining mutlaqo yangi usullarini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;

6. Muddatli xizmatni 18 oydan 12 oygacha qisqartirish (oliy ma’lumotlilar uchun 12 oydan 9 oygacha);

7. Qo‘shinlarni bosqichma-bosqich zamonaviy qurol-yarog‘ va jangovar texnika bilan ta’minlash;

8. Ofitserlar va shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarning oylik maoshlarini oshirish, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash va oilalarining ijtimoiy himoyalanishini oshirish, nafaqa miqdorlarini oshirish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Keyingi yillarda milliy armiyani izchil qurish va isloh etish Qurolli Kuchlarning qiyofasi, tashkiliy tuzilishi, qo‘shinlarni boshqarish tizimi, harbiy kadrlarni tayyorlashni tubdan o‘zgartirishga, qo‘shinlarni qurol-aslaha va texnikaning eng yangi namunalari bilan ta’minlashga imkon berdi. O‘tgan yilda respublikamizning geostrategik joylashuvi, shuningdek, mintaqada yuzaga kelayotgan harbiy-siyosiy vaziyatni hisobga olib harbiy okruglar hamda Harbiy-havo kuchlari va havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining tuzilishi va vazifalari qayta ko‘rib chiqildi, Milliy gvardiya tashkil etildi, qo‘shinlarni qurol-aslaha va texnikaning eng zamonaviy namunalari bilan ta’minlash choralari qabul qilindi.

Yetakchi oliy harbiy ta’lim muassasasi va harbiy ilmiy markazi hisoblanuvchi mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar Akademiyasi tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratini, harbiy qism
va bo‘linmalarning jangovar qobiliyatini real oshirish imkonini beruvchi qo‘shinlar jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarligini tashkillashtirish tizimini takomillashtirish borasida muntazam ishlar olib borilmoqda.