O‘zbekiston armiyasining solnomasi

1991 yil 6 sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilindi.

1992 yil 14 yanvar – Respublika Oliy Kengashining qaroriga ko‘ra, mamlakatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi.

1993 yil 29 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni sifatida belgilandi.

1994 yil 18 mart – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Jizzax aviatsiya oliy harbiy bilim yurti tashkil etildi.

1994 yil 15 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori e’lon qilindi.

2001 yil yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qurolli Kuchlar serjantlari tarkibini tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida qaroriga asosan Toshkent, Markaziy, Janubi-g‘arbiy va Sharqiy harbiy okruglarida Serjantlar tayyorlash maktablari tashkil etildi.

2002 yil 12 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida” gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.

2003 yil yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Milliy armiyamiz – mustaqilligimizning, tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam kafolatidir” kitobi “O‘zbekiston” nashriyotida chop etildi.

2008 yil 20 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tash shart-sharoitlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni e’lon qilindi.

2010 yil 12 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan Toshkent shahrida “Vatanga qasamyod” haykali bunyod etildi.

2012 yil 10 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Toshkent tibbiyot akademiyasi huzurida harbiy-tibbiy fakultetga asos solindi.

2012 yil 11sentabr – O‘zbekiston Respublikasining “Mardlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida” gi qonuni qabul qilindi.

2012 yil 24 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzurida Jamoatchilik kengashini tuzish to‘g‘risida” gi qarori imzolandi.

2016 yil 28 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 25 yil” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilindi.