O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tarixi

Mustaqillikka erishilgan dastlabki kunlardanoq, mamlakat mudofaasini tashkil etish hamda Qurolli Kuchlarimiz faoliyatining huquqiy mezonlarini ishlab chiqish masalalariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimiz rahbariyati tomonidan muhim ahamiyat qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yaratilishida Oliy qonunchilik organining muhim hujjati – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 14 yanvardagi qarori hisoblanadi, unga ko‘ra sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining O‘zbekiston hududida joylashgan barcha harbiy qismlari, birlashmalari, harbiy bilim yurtlari, harbiy muassasalari va tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi ixtiyoriga, yurisdiksiyasiga o‘tkazildi va ularning moddiy, moddiy – texnik ta’minoti joriy etildi.

Mintaqada shakllangan harbiy-siyosiy va harbiy-strategik sharoitga ko‘ra va dunyoda kechayotgan siyosiy jarayonlarning rivojining tahlilidan kelib chiqib, 1992 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Mudofaa to‘g‘risida”, “Umumharbiy majburiyatlar va harbiy xizmat” to‘g‘risida, “Muqobil xizmat” to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qildi. Yosh mustaqil davlat talablariga javob beradigan Qurolli Kuchlarining yaratilishida mustahkam qonuniy poydevor yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat manfaatlarini himoya etish uchun yetarli bo‘lgan Qurolli Kuchlarini yaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qurolli Kuchlarini yaratishida bir necha me’yoriy hujjatlarni imzoladi. Ularning birinchilar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 6 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi va Qurolli Kuchlar Bosh shtabining yaratilishi to‘g‘risida”gi qarorining imzolanishidir. Ularning maqsadlari – bosqichma-bosqich professional armiyani yaratish, tarkibi bo‘yicha kam sonli, biroq harakatchan, zamonaviy harbiy texnika va qurol-yarog‘ bilan jihozlangan, O‘zbekiston xavfsizligini mustaqil va ishonchli himoya etishga qodir armiyani yaratish edi. Quruqlikdagi qo‘shinlarning, korpus-brigada-batalon tashkiliy-shtat tizimiga o‘tkazish boshlandi, bunda taktik birlashma brigada hisoblandi, asosiy taktik element batalon bo‘lib qoldi.