Qurolli Kuchlari akademiyasiga qarashli “Vatan” oilaviy yotoqxonasi qoshida yangi sport maydonchasi bunyod etildi

13

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi qoʻmondonlik-shtab fakulteti tinglovchilarining “Vatan” oilaviy yotoqxonasi qoshida bolalar uchun sport maydonchasi bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Sport maydonchasini topshirish marosimida Mudofaa vazirligi rahbariyati, Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari, “Vatan” oilaviy yotoqxonasida istiqomat qiluvchi harbiylarning oilalari ishtirok etdi.

Yangitdan bunyod etilgan sport maydoncha ichidan 24 x 16 metrli mini-futbol uchun moʻljallangan stadioni joy olgan boʻlib, unga Yevropa talablariga javob beruvchi sanʼiy qoplamalar toʻshalgan, zaruriy jihozlar oʻrnatilgan.

Shuningdek, 9 x 16 metrli oʻyingoh endilikda bolajonlarning oʻz vaqtini maroqli oʻtkazishlarini taʼminlovchi barcha imkoniyatlarga ega boʻldi.

Ushbu oilaviy yotoqxona 2 yil davomida Qurolli Kuchlar akademiyasining Qoʻmondonlik-shtab fakultetida taʼlim oluvchi ofitser oilalariga moʻljallangan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati