Qurolli Kuchlar akademiyasi huzurida ilmiy daraja berish yopiq kengashi tuzildi

2

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi huzurida «Harbiy fanlar boʻyicha falsafa doktori” (PhD) ilmiy darajasini beruvchi yopiq ilmiy kengash tuzildi.

Shuningdek, yaqin vaqtlar ichida tayanch doktoranturada oʻqish uchun kvotalar sonini 8 tadan 15 tagacha oshirilishi rejalashtirilgan. Akademiyaning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida doktorantlarni xorijiy davlatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida va ilmiy tadqiqot markazlarida dissertatsiya ishlarini yozishi va himoya qilish imkoni paydo boʻladi.

Taʼkidlash kerakki, joriy yil akademiyada mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi uchun esa jami 60 nafar oʻqituvchilar hujjat topshirgan. Ular bilan ixtisoslik boʻyicha suhbat oʻtkaziladi va suhbat natijalari asosida qabul qilinib, mutaxassislik boʻyicha tegishli kafedralarga biriktiriladi.

2018 yilda akademiyada toʻrt nafar ofitser doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib, “Harbiy fanlar doktori” ilmiy darajasiga sazovor boʻldi. Ilmiy-uslubiy faoliyatlaridagi yuqori natijalarni inobatga olgan holda akademiyaning ikki nafar ilmiy xodimlariga “Professor” ilmiy unvoni, yetti nafar ofitserga “Dotsent” unvoni berildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati