Qashqadaryoda harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

1

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi boshqaruv apparatida “Yoʻl qoidasi — umr foydasi” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi. Ushbu tadbirda JGʻHMO qoʻmondonligi, Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati (HAN) inspeksiyasi hamda Qarshi harbiy prokuraturasi xodimlari ishtirok etdi.

Suhbat davomida avtomobilni boshqarish vaqtida noxush holatlarning oldini olish boʻyicha maslahatlar, favqulodda vaziyatlarda haydovchi oʻzini qanday tutishi lozimligi haqida tushunchalar berildi. Harbiy xizmatchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Shuningdek, Qarshi garnizonidagi harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari bilan “Sogʻlom avlod — 2018” nomi ostida bepul tibbiy koʻrik tashkil etildi. Qarshi harbiy gospitali hamda Qashqadaryo viloyati sogʻlomlashtirish markazi xodimlari harbiylarning oila aʼzolarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazdilar.

Bolalarning sogʻlom ulgʻayishi yoʻlida ular muntazam sport bilan shugʻullanishlari lozimligi ota-onalarga tushintirildi va bu borada kerakli yoʻnalishlar berildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati