Pokiston delegatsiyasi Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida boʻldi

2

Pokiston Islom Respublikasi Quruqlikdagi qoʻshinlari kolleji komendanti general-mayor Sarfraz Ali boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya akademiyaning infratuzilmasi, oʻquv-moddiy bazasi bilan tanishdi.Taʼlim dargohining professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan birgalikda oʻtkazilgan seminar-trening mashgʻulotlarida har ikki tomon vakillarining maʼruzalari tinglandi. Ikki mamlakat harbiy bilim yurtlari kelgusidagi hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan maqsadli rejalarni belgilab oldi.

Uchrashuv davomida delegatsiya aʼzolari Qurolli Kuchlar davlat muzeyida ham boʻlib, milliy armiyamiz tarixi va buguniga oid maʼlumotlar bilan yaqindan tanishishdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati