O‘zbekistonlik razvedkachilar “ArMI – 2018” musobaqasining uchinchi bosqichida ikkinchi o‘rinni egallashdi

21

2-avgust kuni Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk oliy harbiy qo‘mondonlik bilim yurti dala-o‘quv maydonida bo‘lib o‘tayotgan “Qo‘shin razvedkasi a’lochilari” musobaqasining uchinchi bosqichi – “Razvekachi so‘qmog‘i” to‘siqlar yo‘lagini yengib o‘tishda O‘zbekiston harbiylari ikkinchi o‘rinni qayd etishdi.

Unda razvedka bo‘linmalari to‘liq tarkibda va jangovar ekipirovkada 22 ta to‘siqdan, jumladan taxtadan va toshdan qilingan to‘siqlar, tik devor, uzun ustunli simli to‘siq, suvli chuqur va NATO standartidagi to‘siqlardan iborat, uzunligi 800 metrdan ko‘proq bo‘lgan “Razvekachi so‘qmog‘i” to‘siqlari yo‘lagini yengib o‘tishi shart edi.

Ta’kidlash lozimki, musobaqaning 3-bosqichi yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonlik razvedkachilar jamoasi umumjamoa hisobida hozircha 2-o‘rinda
borishmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati