Oʻzbekistonlik merganlar kunduzgi va tungi mashgʻulotlarda mahoratlarini namoyish etdi (foto+video)

4

Namangan garnizonida joylashgan dala oʻquv maydonlarining birida zamonaviy majmuaviy taktik mashgʻulotlar davomida merganlar kuduzgi va tungi mashqlarda nishonlarni yaksoq qilish boʻyicha yangicha uslublarda oʻq otishni qoʻllashdi.

Ushbu mashgʻulotlarda harbiy xizmatchilar juftlik va uchlik guruhlarga boʻlingan holda merganlik qurollari yordamida tezkor harakat qilib nishonlarga talofat yetkazdi.

Taʼkidlash kerakki, merganlik – harbiy xizmatchidan katta mahorat, sabr-toqat, tabiiy hududga moslashib maskirovkani qoʻllash, epchillik va ehtiyotkorlik, aniq matematik hisoblarni qoʻllashni talab etadi.

Oʻq otish mashqlarini amalga oshirish joyida mashgʻulot rahbari harbiy xizmatchilarning harakatini nazoratga olib, otish korrekturasi va nishonlar boʻyicha koʻrsatmalar berib bordi.

Shuningdek, tungi sharoitda ham taktik mashgʻulotlar oʻtkazildi. Tungi mashgʻulotlarda harbiylar tajribalariga tayanib, uzoq va yaqindagi nishonning belgilangan qismiga jiddiy talofat yetkazadilar.

Merganlarning guruh tarkibidagi bexato xatti-harakatlari yuqori baholanib, shaxsiy tarkibga namuna sifatida eʼtirof etildi.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=yRBTSY276KE&feature=youtu.be

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati