Mudofaa vazirligi sportchilari Qashqadaryo viloyati birinchiligini qo‘lga kiritdi

23

28 iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridaMudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Milliy gvardiya qo‘shinlari o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha Qashqadaryo viloyati birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada 69, 75, 81, 91 hamda 91 kilogrammdan yuqori bo‘lgan vazndagi sportchilar o‘zaro bellashishdi.

69 kg vazn bo‘yicha kechgan kurashda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug sportchisi oddiy askar A. Raxmonov IIB sportchisi J.Soriyev ustidan g‘alaba qozondi. 75, 81 hamda 91 kg vaznlilar o‘rtasida kechgan murosasiz bahslarda ham JG‘MHO sportchilari oddiy askar Xojiakbar Qodirov, Abdumalik Muhammedov va Mirali Boymirzayev raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan g‘alaba qozonib, viloyat birinchiligini qo‘lga kiritishdi.

91 kilogrammdan yuqori vazn toifasidagilar o‘rtasida kechgan kurashda IIB sportchisi Akmal Bozorov Milliy gvariya sportchisi Fayzullo Muxtorovni mag‘lub etdi.

Musobaqa g‘oliblari Qashqadaryo viloyati hokimligi va JG‘MHO qo‘mondonligi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati