Jizzaxlik yoshlar uchun harbiy qism boʻylab ekskursiya uyushtirildi

2

Jizzax viloyatida joylashgan bir qator umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi yoshlari hamda Baxmal tumanida joylashgan pedagogika kolleji talabalari uchun viloyatdagi harbiy qismlardan biriga ekskursiya uyushtirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 4 avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini barchaga yetkazish maqsadida oʻtkazilgan ushbu tadbirda 300 nafardan ortiq oʻquvchi va talabalar ishtirok etdi.

Harbiy qismga tashrif buyurganlar uchun oʻqotar qurollardan foydalanish tartibi, muhandislar va togʻ tayyorgarligi boʻyicha koʻrgazmali chiqishlar uyushtirildi. Harbiy texnikalar, ayniqsa, oʻqotar qurollar namoyishi esa barchaga birdek manzur boʻldi.

Tadbir yakunida oʻquvchi yoshlar hamda harbiy xizmatchilar oʻrtasida futbol musobaqasi boʻlib oʻtdi. Hayrlashuv chogʻida barchaga turli badiiy kitoblar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati