Harbiy xizmatchilar yoshlar bilan uchrashdi

2

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida “Maʼnaviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-avgustdagi 3898-sonli qarori ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan ushbu tadbirda Chirchiq pedagogika institutidan tarix, manaviyat va notiqlik sanʼati uqituvchilari hamda shahardagi 13-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchi yoshlari ishtirok etdi.

Shuningdek, Chirchiq pedagogika institutida 1-bosqich talabalari oʻrtasida “Talabalik qasamyodi”ni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi. Qasamyodga bagʻishlangan tadbirda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari qoʻl jangi mashgʻlotlari elementlarini namoyish etib, yigʻilganlar olqishiga sazovor boʻldi.

Namangan viloyati Chust garnizonida esa harbiy xizmatchilar tumandagi 34-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi hamda 56-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi. “Yoshlar kelajagimiz bunyodkori” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur tadbir davomida yoshlar oʻrtasida ommaviy sport oʻyinlari oʻtkazildi. Tadbir yakunida bolajonlarga esdalik sovgʻalari ulashildi.