Harbiy xizmatchilar dala-o‘quv maydonlarida yangicha uslubda mashg‘ulotlar olib bormoqda

6

Ayni kunlarda Mudofaa vazirligining barcha bo‘linmalari bilan dala-o‘quv maydonlarida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda jang olib borishning o‘ziga xos yangi usul va uslublari amaliyotga joriy etilmoqda. Chuqur o‘rganish va tahlillar asosida olib borilayotgan mashqlar yurt himoyachilarining jangovar shayligini yanada oshirishga xizmat qilyapti.

Jumladan, Jizzax qiloyati Baxmal tumanidagi harabiy qism shaxsiy tarkibi ham bu borada izlanishlar olib borib, jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini yangi g‘oyalar, yangi usul va uslublarda o‘tkazmoqda. Dala maydonida bir necha o‘quv joylarida o‘tkazilayotgan batalon taktik guruhlari mashg‘ulotlari jangovar shaylikni muntazam takomillashtirib borishga qaratilgan.

Harbiy xizmatchilar tog‘da harakatlanish, soylardan shaxsiy tarkib, qurol-yarog‘ va yuklarni betalafot olib o‘tish, qo‘yilgan jangovar vazifani bajarish kabi mashqlarda mahoratlarini oshirib, tajribalarini boyitmoqda.

Ta’kidlash lozimki, avvalgi yillarga qaraganda o‘quv-mashg‘ulotlar soni oshirildi. Yurt himoyachilarining jangovar shayligini samarali yuksaltirish imkonini beradigan mashqlar o‘quv dasturlariga kiritildi.

Guruh va vzvod tarkibida o‘tkazilayotgan amaliy mashg‘ulotlar shaxsiy tarkibning har qanday sharoitda o‘qotar va guruh tarkibidagi qurollarni oqilona qo‘llash ko‘nikmasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati