Harbiy sohada faoliyat olib boruvchi ilmiy kengashning kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishi oʻtkazildi

2

Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Ilmiy kengashi oʻzining kengaytirilgan tarkibdagi yigʻilishini oʻtkazdi.

Unda Mudofaa vazirligi markaziy apparati boshqarmalari vakillari va Qurolli Kuchlar akdemiyasining professor oʻqituvchilari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda AKT vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda Qurolli Kuchlar akademiyasi oʻquv-tarbiyaviy jarayoni va infratuzilmasini takomillashtirish boʻyicha 2019-yilga moʻljallangan “Yoʻl xaritasi” talablarini barchaga yetkazish, Akademiya ilmiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy-ilmiy tadqiqotlar samaradorligini hamda professor-oʻqituvchilar tarkibining uslubiy mahoratini yanada oshirishga qaratilgan masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻrtaga tashlangan savollar Akademiya boshligʻining oʻrinbosarlari, boshqa masʼul shaxslar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Ilmiy kengash yigʻilishining yakunida bir qator savollar boʻyicha, xususan, harbiy-ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, professor-oʻqituvchilar tarkibining kasbiy tayyorgarligini zamonaviy talablarga moslashtirish, “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish belgilab olindi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati