O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy ta’lim muassasalari harbiy kafеdralari

Oliy ta’lim muassasalar (OTM)ning kunduzgi bo‘limida o‘qiyotgan erkak talabalari, shuningdek tibbiy OTM talabalari jinsidan qat’iy nazar harbiy tayyorgarlikdan o‘tadilar (o‘qitishga jalb qilinadigan ayol talabalar soni umumiy talabalar sonining 10 % dan oshmasligi kerak).

Harbiy tayyorgarlikka 27 yoshgacha (OTM rektorining talabalarni harbiy tayyorgarlikka jalb qilish to‘g‘risidagi buyrug‘i chiqarilgan kunda) bo‘lgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli va saralash tanlovidan o‘tgan talabalar jalb qilinadilar.

Harbiy-hisob ixtisosliklari (bundan buyon matnda HHI deb yuritiladi) bo‘yicha rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash dasturi talabalar harbiy tayyorgarligining asosiy hujjati hisoblanadi.

Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

harbiy ta’lim fakulteti – OTM bazasida tashkil qilinadigan harbiy o‘quv va ma’muriy bo‘linma hisoblanib, ushbu ta’lim muassasasida tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi bo‘limda o‘qiydigan talabalar orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash maqsadida uzluksiz o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘tkazilishini ta’minlaydi;

harbiy kafedra – OTM tarkibiga kiruvchi harbiy o‘quv bo‘linma hisoblanib, OTMda tahsil olayotgan talabalar orasidan bir yoki bir nechta HHI bo‘yicha rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash maqsadida o‘quv-tarbiyaviy va metodik ishlarni amalga oshiradi;

sikl (kurs) – OTM harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedrasi)ning o‘quv-metodik bo‘linmasi hisoblanib, alohida fanlar bo‘yicha o‘qitishni, OTMda tahsil olayotgan talabalar orasidan bir yoki bir necha turdosh HHI bo‘yicha rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlashni amalga oshiradi.

Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida OTM talabalari orasidan rezervdagi va zaxiradagi ofitserlar tayyorlash quyidagicha tashkil qilinadi:

  • “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy ta’lim fakultetlarida – 2 yil davomida, 2- va 3-kurslarda;
  • tibbiy OTM harbiy kafedralarida – 2 yil davomida bir yil, 3- va 4-kursda;
  • qolgan OTM harbiy kafedralarida – bir yil, 3-kursda.

Harbiy tayyorgarlikdan o‘tish uchun talabalarni saralash tanlov asosida amalga oshiriladi:

Saralash tanlovi

“Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan harbiy ta’lim fakultetlarida – abituriyentlar OTMga o‘qishga qabul qilinishida o‘tkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirish davomida;

  • tibbiy OTM harbiy kafedralarida – OTMda ta’lim olishning ikkinchi kursi oxirida saralash tanlovi jarayonida;
  • boshqa OTM harbiy kafedralarida – OTMda ikkinchi kurs oxirida saralash tanlovi jarayonida.

Saralash tanlovi o‘tkazilishidan oldin OTMning turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ega fakultetlarida talabalar bilan tushuntirish ishlari tashkillashtiriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihondan ko‘zlangan asosiy maqsad abituriyentlarning tanlangan fan bo‘yicha bilim va malakalari darajasini, ularning tanlangan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olish va kelgusida ishlash imkoniyatini aniqlovchi ijodiy, jismoniy va fiziologik qobiliyatlarini baholashdan iborat.

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirishga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega, shaxsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, o‘z qo‘li bilan) ixtiyoriy ravishda harbiy tayyorgarlikni o‘tash istagini bildirgan abituriyentlarga ruxsat etiladi.

Saralash tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad tushuntirish ishlarini o‘tkazish, harbiy kafedrada ta’lim olishi va keyinchalik harbiy mutaxassislik bo‘yicha xizmat qilish imkonini belgilashda muhim o‘rin tutadigan talabalarning umumjismoniy tayyorgarlik va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik dasturini bilish darajalarini baholash.

Saralash tanloviga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega, shaxsiy arizalariga binoan (OTM rektori nomiga, o‘z qo‘li bilan) ixtiyoriy ravishda harbiy tayyorgarlikni o‘tash istagini bildirgan, salomatligiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli talabalarga ruxsat beriladi.

Harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmalarida ta’lim olish uchun talabalarni saralash tanlovining asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:

  • tibbiy ko‘rik;
  • shaxsiy-ruhiy o‘rganish;
  • OTMda ta’lim olish jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlar darajasi natijalari;
  • umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;
  • chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikdan bilim darajasini baholash.

Talabalarni harbiy xizmatga yaroqlililigini tekshirish bo‘yicha tibbiy ko‘rik o‘rnatilgan tartibda OTM joylashgan hududiy mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarma (bo‘lim) tibbiy komissiyalari tomonidan harbiy ta’lim fakulteti (harbiy kafedra) boshlig‘ining so‘rovnomasiga binoan amalga oshiriladi.

Tibbiy ko‘rik o‘tkazish muddati va joyi MV tomonidan belgilanadi.

Shaxsiy-ruhiy o‘rganish MV ruhshunos mutaxassislari tomonidan ruhiy test o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Ruhiy test natijalari bo‘yicha quyidagi xulosalar chiqariladi:

  • harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasiga qabul qilish uchun tavsiya etiladi;
  • harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasiga qabul qilish uchun tavsiya etilmaydi.

Ruhiy test natijalari bo‘yicha harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasiga qabul qilish uchun tavsiya etilmagan talabalar saralash tanlovining keyingi tadbirlariga qo‘yilmaydi.

OTMdagi ta’lim jarayonida o‘zlashtirilgan bilimlar darajasi natijalari OTMdagi harbiy tayyorgarlik o‘quv bo‘linmasiga qabul qilishdan oldingi o‘qish davrida to‘plangan ballar yig‘indisidan tarkib topadi.

Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligini baholash MV mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Talabalarning umumjismoniy tayyorgarligi belgilangan talablarga muvofiq baholanadi.

O‘zbеkiston rеspublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarining harbiy kafеdralari ro‘yxati

Toshkent davlat texnika universiteti harbiy kafedrasi

100095 Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasi – 53 Tel: 246-08-78

Energetika (tarmoqlari bo‘yicha)», “Elektromexanika, elektromexanika va elektrotexnologiya (tarmoklar bo‘yicha)”, “Elektroenergetika (tarmoqk va yo‘nalishlar bo‘yicha)”, “Texnologiya mashinasozlik, jihozlash va avtomatlashtirish, mashinasozlik ishlab chiqarish”, “Yangi hom ashyolarni ishlab chiqarish va joriy qilish texnologiyasi”, “Elektronika va uskunasozlik (tarmoqlar bo‘yicha)”, “Tog‘ ishlari bo‘yicha va foydali qazilmalarning manbalarini izlash va razvedka qilish (manbalarning turlari bo‘yicha)”, “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi”, “Geodeziya, kartografiya va kadastr (tarmoqlar bo‘yicha)”, “Hayot xavfsizligi foliyati”, “Ekologiya va atrof muhitni muhofazalash (tarmoqlar bo‘yicha)”, “Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoq bo‘yicha)”, “Avtomobilsozlik va traktorsozlik”, “Havo kemalarining texnik eksplutatsiyasi”, “Radioelektron jihozlar va tuzilmalar (tarmoq bo‘yicha)”, “Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar (tarmoq bo‘yicha)”, “Havo harakatlarini boshqarish”, “Texnika va hujjat ko‘rsatish texnologiyasi (tarmoqlari bo‘yicha)”.

O‘zbekiston Milliy universiteti harbiy kafedrasi

100095 Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi – 4. Tel: 246-07-00

“Yo‘naltirilgan matematika va informatika”, “Matematik va informatsion tizimi dasturiy taminoti”, “Informatika va informatsion texnologiya (soha va tarmoqlari bo‘yicha)”, “Gidrometeorologiya”, “Geodeziya, kartografiya va kadastr (tarmoq bo‘yicha)”, “Geofizika”, “Tarix (mamlakatlar va hududlar bo‘yicha)”, “Geologiya”, “Yurispurdensiya (faoliyat turi bo‘yicha)”, “Hamma ta’lim yo‘nalishlari o‘rganiladigan tillar: arab, pushtu, urdu, xitoy, fors, dari”.

Toshkent davlat agrar universiteti harbiy kafedrasi

100140 Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-A uy. Tel: 260-38-84, 260-50-72

“Qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyasi”, “Qishloq xo‘jalik maxsulotlarini dastlabki qayta ishlash va saqlash texnologiyasi”, “Qishloq xo‘jalik menejmenti”, “O‘simliklar muhofazasi va karantin”, “Moliya”.

Samarkand davlat universiteti harbiy kafedrasi

703004 Samarqand shahri, Muqimiy ko‘chasi – 45. Tel: 0366 239-87-44

“Qurilish fakulteti”, hamma ta’lim yo‘nalishlari

Andijon davlat tibbiyot insituti harbiy kafedrasi

170120 Andijon viloyati, Andijon shahri, Sarvador Alyendo ko‘chasi, 6 uy. Tel: (0374) 223-21-86

“Davolash ishi”

Toshkent avtomo-bil yo‘llarini loyi-halash, qurish va eksplutatsiyasi insti-tuti harbiy kafedrasi

100080 Toshkent shahri, Mirobod tumani, Alimbekov ko‘chasi – 2. Tel: 290-86-74

“Avtomobil transportlaridan foydalanish fakulteti”, “Quruqlikdagi transport tizimi va ulardan foydalanish (transport turi bo‘yicha)”, “Avtomobil yo‘llari va aerodromlar”, “Transport qurilmalaridan foydalanish (transport qurilmalari turlari bo‘yicha)”, “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi”.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari insti-tuti harbiy kafedrasi

100084 Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalkabod ko‘chasi – 3. Tel: 234-04-97

“Suv xo‘jaligi va melioratsiya”, “Gidrologiya (suv omborlariga)”, “Suv xo‘jaligining mexanizatsiyasi va meleorsiya ishlari”, “Texnologik jarayonlar va ularni ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlari bo‘yicha)”, “Elektroenergetika (suv xo‘jaliklarida)”, “Gidrotexnik qurilish (suv xo‘jaliklarida)”, “Irrigatsiya tizimidan suv xo‘jaligida foydalanish”, “Nasos stansiyalari va gidrotexnik qurilmalardan foydalanish qoidalari”, “Yer qurilishi va yer kadastri”, “Geodeziya kartografiyasi va kadastr (suv xo‘jaligida)”.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti harbiy kafedrasi

100174 Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Kozitarnol ko‘chasi- 29. Tel: 234-02-23

“Telekommunikatsiya”, “Teleradioeshittirish”, “Mobil tizim”, “Informatsion xavfsizlik”, “Kompyuter injeneriyasi”.

Toshkent yengil sanoat to‘qimachilik instituti harbiy kafedrasi

100100 Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shoxjaxon ko‘chasi – 5. Tel: 253-23-80

“Yengil sanoat maxsulotlarini loyihalash va texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)”, “Dizayn (turi bo‘yicha)”, “Menejment (tarmoq va sohalar bo‘yicha)”, “Avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlari bo‘yicha)”, “Poligrafik va ishlab chiqarish texnologiyasi (ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha)”, “Tabiiy tolalarni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi”.

Davlat Solik qo‘mitasi akademiyasi harbiy kafedrasi

100173 Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Kichik Xalka ko‘chasi -3. Tel: 2301647

“Soliq va soliq solish”

Samarkand davlat tibbiyot insituti harbiy kafedrasi

140100 Samarqand shahri, Ankaboy ko‘chasi -6. Tel: (0366) 235-60-26

“Davolash ishi”

Toshkent davlat Pedagogika univer-siteti harbiy kafedrasi

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19 daha – 4/1 Kommunal xo‘jaligi kolleji -3. Tel: 217-12-80

“Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”

Farg‘ona davlat universiteti harbiy kafedrasi

150100 Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi-9. Tel: (0373 244-43-22)

“Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”

Buxoro davlat universiteti harbiy kafedrasi

150100 Buxoro shahri, Baxovudin Nakshband ko‘chasi – 54. Tel: (0365) 608-51-84

“Chaqiriqqacha harbiy ta’lim”