«Forish» poligonida fransiyalik harbiylar bilan hamkorlikda oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda

6

Jizzax viloyati “Forish” poligonining togʻli hududlarda Oʻzbekiston hamda Fransiya qurolli kuchlari mutaxassislari bilan hamkorlikda harbiy amaliy trening mashqlari tashkil etilmoqda.

Rejaga koʻra tajriba almashuv bilan bogʻliq amaliy mashgʻulotlarning deyarli barchasi “Forish” poligoni togʻli hududlarida oʻtkaziladi. Bunda asosiy eʼtibor harbiylarning merganlik mahoratini oshirishga qaratilgan.

Fransiyadan kelgan mutaxassislar “Mergan kundaligi” oʻquv qoʻllanmasiga asosan harbiy xizmatchilar bilan 3 bosqichli tayyorlov mashqlarini olib borishmoqda. Unga koʻra dastlab harbiylarning merganlik darajasi aniqlab olinadi. Shundan soʻng ular guruhlarga boʻlinib, oʻz darajasiga koʻra ularga alohida mashgʻulotlar oʻtiladi.

Fransiyalik va oʻzbekistonlik ishtirokchilar bunday tajriba almashish har ikki tomonga ham juda foydali boʻlib, kelgusida ham shu turdagi birgalikdagi mashgʻulotlarni davom ettirish yaxshi natija berishiga ishonch bildiryapti.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati