Fargʻona viloyatida harbiylar yoshlar bilan aksiya oʻtkazdi

5

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi tashabbusi bilan Fargʻona viloyatida “Armiya va yoshlar” vatanparvarlik aksiyasi boʻlib oʻtdi. Qoʻqon hamda Buvayda tumanlari markazida tashkillashtirilgan ushbu aksiyada 10 000 nafardan ortiq yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Aksiya doirasida ishtirokchilarga 50 dan ortiq turdagi harbiy texnika va qurol-yaroq namunalari, uzoqlikni aniqlash va moʻljalga olish moslamalari, shuningdek, aloqa vositalari namoyish etildi.

Bundan tashqari tadbir davomida harbiy xizmatchilarning koʻrgazmalichiqishlari, taniqli estrada xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati