Fargʻona viloyatida “Armiya va yoshlar” festivali oʻtkazildi

5

Fargʻonada Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya qoʻmondonligi, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda festival oʻtkazildi.

Toshloq tumani markaziy oʻyingohida tashkillashtirilgan ushbu festivalda 11 000 nafardan ortiq yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdi.

Fargʻona viloyati hokimi Shuhrat Gʻaniyev ham festival doirasida soʻzga chiqib, yoshlarga kelajakdagi oʻqishlarida muvaffaqiyat tiladi, harbiylarning yurtimiz tinchligi yoʻlidagi xizmatlarini eʼtirof etdi.

Festival doirasida ishtirokchilarga 50 dan ortiq turdagi harbiy texnika va qurol-yarogʻ namunalari, uzoqlikni aniqlash va moʻljalga olish moslamalari, shuningdek, aloqa vositalari namoyish etildi.

Tadbirga tashrif buyurganlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun okrug harbiy orkestri tantanali konsert dasturini namoyish etgan boʻlsa, harbiy xizmatchilar qoʻl jangi elementlari bilan koʻrgazmali chiqishlarni koʻrsatdi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati