Fargʻona viloyatida “Armiya va yoshlar” aksiyasi oʻtkazildi

8

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida “Armiya va yoshlar” aksiyasi oʻtkazildi.

Buvayda tumani markazida tashkillashtirilgan ushbu aksiyada 10 000 nafardan ortiq yoshlar va mahalla faollari ishtirok etdi. Aksiya doirasida ishtirokchilarga 50 dan ortiq turdagi harbiy texnika va qurol-yaroq namunalari, uzoqlikni aniqlash va moʻljalga olish moslamalari, shuningdek, aloqa vositalari namoyish etildi. Tadbirga tashrif buyurganlarning maroqli hordiq chiqarishlari uchun harbiy orkestr tantanali konsert dasturini namoyish etgan boʻlsa, harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi elementlari bilan koʻrgazmali chiqishlarini koʻrsatdi.