Boshqarma boshlig‘iga “Captiva” bo‘lim boshliqlariga-chi?

470
Prezident sovg‘asi

Samarqand viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i endi Prezidentimiz tomonidan sovg‘a qilingan xizmat avtomashinasi – “Captiva”da yuradi. Tuman, shahar mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlariga esa “Nexia-3” berildi.

Prezident sovg‘asi
Prezident sovg‘asi

Davlatimiz rahbari shu yilning 10 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida mudofaa ishlari xizmati sifatini takomillashtirish, harbiy xizmatchilarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarar sharoit yaratish zarurligini ta’kidlagan edi.

Ana shu vazifalardan kelib chiqib, Samarqand viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlariga “Prezident sovg‘asi”- xizmat avtomashinalari tantanali topshirildi. Shuningdek, Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi ham yangi “Captiva”li bo‘ldi.

Prezident sovg‘asi
Prezident sovg‘asi

Avtomashinalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov va Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayev o‘z egalariga tantanali topshirdi.

–Shu paytga qadar mudofaa ishlari bo‘limlari uchun xizmat mashinasi orzu edi, – deydi Samarqand shahar mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i I.Mamajonov. – Prezidentimizning e’tibori tufayli bu orzuimiz ushaldi. Endi biz ham doim odamlar orasida bo‘lib, zimmamizga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida, sifatli bajaramiz.

G‘olib Hasanov, O‘zA