Bo‘sh ish o‘rinlari

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy apparatidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari

  1. Bosh mutaxassis – revizor
  2. Yetakchi mutaxassis – revizor
  3. Bosh mutaxassis (yuristkonsul)
  4. Bosh mutaxassis (yuristkonsul)

Ishga qabul qilish shartlari

Fuqarolarni ishga qabul qilish masalalari bo‘yicha alohida yondashuv ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish taqiqlanadi.

Qoidaga ko‘ra, ishchi va xizmatchilar lavozimlariga o‘rta-maxsus yoki oliy ma’lumotga ega, qisqa vaqt ichida egallagan lavozim vazifalarini o‘zlashtirishga, o‘z xizmat majburiyatlarini o‘rganishga hamda qo‘yilgan vazifalarni bajarishni yuqori darajaga ko‘tarishga qodir bo‘lgan fuqarolar ishga olinadi.

Mehnat shartnomasi intizomini buzgani, nojo‘ya xatti-harakatlar va qonunbuzarliklarni sodir etganligi hamda jinoiy javobgarlikka tortilganligi uchun qo‘shilma va harbiy qismlarning boshqaruv organlaridan ilgari bo‘shatilgan fuqarolarni, shu jumladan, xizmatga noloyiqligi va sudlanganligi uchun bo‘shatilgan sobiq harbiy xizmatchilarni qoidaga ko‘ra ishga qabul qilish taqiqlanadi.

Moliya xodimlari lavozimlariga ishga qabul qilish moliya yoki iqtisod mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumoti oliy bo‘lgan shaxslar, istisno holatlarda esa boshqa yo‘nalishdagi oliy ma’lumoti bor va mazkur tizimda 3 yildan kam bo‘lmagan ish stajiga ega, dastlabki lavozimlarda o‘rta-maxsus moliya yoki iqtisod mutaxassisligi bo‘yicha ma’lumoti mavjud bo‘lgan fuqaro xodimlarni ishga qabul qilish amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparatiga Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari lavozimlariga ishga qabul qilishda, avvalo nomzodning ishchanlik va axloqiy fazilatlarini har tomonlama o‘rganish va ularni vakolatli organlari bilan kelishishdan so‘ng amalga oshiriladi.

Mudofaa vazirligi Ishlar boshqarmasi