Baxmalda yangi uslubda maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda

2

Markaziy harbiy okrugiga qarashli dala oʻquv maydonlaridan birida yangi turdagi maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Jizzax viloyatida oʻtkazilgan ushbu mashgʻulotlarning avvalgilaridan farqi bunda harbiy xizmatchilar yangicha yondashuv asosida ilgarigi taktika standartlaridan uzoqlashgan holda nishonlarni yakson qilishdi. Bu turdagi mashqlar harbiy xizmatchilarga turli murakkab vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilish va harakatlanishda qoʻl kelishi taʼkidlanmoqda.

Shuningdek, murakkab jarayonlardan hisoblanuvchi gʻavvoslik amallari ham bajarildi. Harbiylar kerakli asbob-anjom va qurollar yordamida suv ostida harakatlanib, qoʻyilgan vazifalarni muvaffaqiyatli uddaladi.

Noqonuniy shartli terrorchilar guruhini qoʻlga olish amaliyoti ham boʻlib oʻtdi. Unda bino ichiga yashiringan terrorchilar guruhiga qoʻqqisdan hujum qilinib, xavf-xatar toʻliq bartaraf etildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati