Angrenda tanklar yordamida togʻli hududlarda nishonlarni yakson etishga moʻljallangan mashgʻulotlar oʻtkazildi (foto+video)

1

Toshkent harbiy okrugiga qarshli Angren dala oʻquv maydonida tanklarni togʻli hududlarda boshqarish, shuningdek, tank qurollaridan otish mashqlarini bajarishda tarjibani oshirishga xizmat qiladigan navbatdagi amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Oʻquv nuqtasi rahbari podpolkovnik Abdurashid Ergashevning taʼkidlashicha, oʻquv mashgʻulotlari birinchi navbatda harbiy xizmatchilarning taktik va jangovar tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi.

Ushbu dala oʻquv maydonida kuzatuv punkti joylashgan boʻlib, bu yerdan mashgʻulot jarayoni qay yoʻsinda ketayotganini bemalol kuzatish mumkin. Maxsus qazilgan okoplar ichiga maskirovka qilingan bir juft T-62 tanklari yordamida haqiqiy jangovar snaryadlar orqali nishonlar yakson qilindi.

Mazkur mashgʻulot tayyorgarligi dasturiga oʻzgartirish kiritilgan boʻlib, unga koʻra aksariyat mashqlar yuqori nuqtalarda joylashgan nishonlarni yakson qilish bilan amalga oshirildi. Bu esa oʻz navbatida harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qilyapti.

“Beshta nishonni yakson qilish vazifasi qoʻyilgan edi. Dastlabki ikkitasi – togʻli hududda joylashgan shartli dushmanning harbiy texnikasini yoʻq qilish boʻlsa, qolganlari yerdagi nishonlar — harakatlanib kelayotgan ehtimoliy dushman piyodalar guruhini pulemyotlar yordamida oʻqqa tutish. Barcha mashqlar aʼlo dajarada bajarildi”, — deydi tank komandiri kichik serjant Abdulaziz Gʻaniyev.

Video: https://www.youtube.com/watch?v=Tlpommb025s&feature=youtu.be

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati