Leytenant Nadiya Dusanova Xitoy Gran-prisida oltin medalni qo‘lga kiritdi

40

Joriy yilning 4-iyun kuni Xitoyning Szin va Szyulunpo shaharlarida yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-pri turnirining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari ham munosib ishtirok etdi. Leytenant Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bo‘yicha (189 sm.) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Qurolli Kuchlar xizmatchisi Nigina Charipova 100 metrga yugurish bo‘yicha 11, 79 soniya natija bilan 4-o‘rinni egalladi.

Yana bir Qurolli Kuchlar xizmatchisi Ruslan Qurbonov uch sakrash bo‘yicha 16,33 metr natija bilan 3-o‘ringa munosib topildi.

Reglamentga ko‘ra, 7-iyun kuni Gran-prining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati