Navoiydagi Prezident maktabida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi

0
1201

Navoiy shahrida joylashgan Prezident maktabida koʻp yillar davomida Qurolli Kuchlar safida xizmat qilgan faxriylar, harbiy xizmatchilar hamda maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Uch avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

Tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, yoshlarni mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, inson huquqlarini taʼminlash, aholi farovonligi yoʻlidagi xayrli ishlar, yosh avlod kelajagi yoʻlida barpo etilayotgan bunyodkorlik ishlari borasidagi erishilgan ijobiy natijalar hamda keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribalari bilan tanishtirishdan iborat boʻldi.

Soʻzga chiqqan faxriylar mamlakatimizdagi tinchlik, milliy armiyamizdagi oʻzgarishlar, shuningdek Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, oʻz navbatida ertamiz egalari bundan oqilona foydalanib, kelajakda oʻz oʻrnini topishi lozimligini taʼkidladilar.

Suhbat jarayonlarida oʻquvchi yoshlar oʻzlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob olib, vatanparvarlik, tinchlikni himoya qilish qanchalar ezgu ish ekanini teran anglashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati