Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari o‘rtasida kurash chempionati o‘tkazildi

85

13—15 may kunlari Mudofaa vazirligi sport klubida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalarining harbiy xizmatchilari o‘rtasida kurash bo‘yicha chempionat bo‘lib o‘tdi.

Mazkur chempionatda Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ettita — -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg hamda 100 kilogrammdan ortiq vazn toifasida o‘zaro kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan kurashlar hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Mudofaa vazirligi harbiy sportchilariga -60 kg hamda -90 kg vazn toifasida bas keladigan raqib topilmadi. Rahmon Jumaev hamda Davlat Bobonov o‘z vazn toifasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida esa, birinchilik Ichki ishlar vazirligi jamoasiga nasib etdi. Mudofaa vazirligi jamoasi — 2-o‘rin. Shohsupaning uchinchi pog‘onasidan Davlat xavfsizlik xizmati terma jamoasi o‘rin oldi.

Musobaqa g‘oliblari faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati