O‘zbekistonda Belarus harbiylari bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘tkaziladi

73

Joriy yilning 20—27-may kunlari Namangan viloyatida joylashgan “G‘urumsaroy” poligonida birinchi marta O‘zbekiston hamda Belarusь Respublikalari qurolli kuchlari hamkorligida “Jangovar hamdo‘stlik—2019” maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikalari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasiga asosan tashkil etiladi.

Tajriba va malaka almashuv bilan bog‘liq amaliy mashg‘ulotlarning barchasi “G‘urumsaroy” poligoni hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlash kerakki, 22—27 aprel kunlari “Forish” tog‘ dala o‘quv maydonida O‘zbekiston Pokiston va Turkiya qurolli kuchlari bilar hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgandi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati