Toshkentda Qurolli kuchlar akademiyasi magistrantlari Oliy sud sudyalari bilan uchrashdi

15

Oliy sud majlislar zalida Qurolli kuchlar akademiyasi magistrantlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy sud sudyalari, xodimlari va OAV vakillari ishtirok etgan uchrashuv Oliy sud buyurtmasi bilan tasvirga olingan va oilaviy ajrimlarning oldini olishga bag‘ishlangan “Farzand — omonat” qisqa metrajli filmi taqdimoti bilan boshlandi.

Oliy sud raisining o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov mamlakatda sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Shundan so‘ng akademiya magistrantlari Oliy sud sudyalariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.

Qizg‘in savol-javob tarzida kechgan uchrashuv yakunida Oliy sud sudyalari muallifligida nashr etilgan oila, meros, vasiylik va sud amaliyotiga oid kitoblar to‘plami Qurolli kuchlar akademiyasi kutubxonasi uchun tufha etildi. Magistrantlar Oliy sud tarixi muzeyi bilan tanishdi.