Toshkentda harbiy xizmatchilar salomatlik aktsiyasida qatnashdi (foto+video)

63

Bugun, 12 may kuni ertalab soat 8.00da Mudofaa vazirligi hamda Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida “Sog‘ tanda — sog‘lom aql” shiori ostida ommaviy yurishi bo‘lib o‘tdi.

Salomatlik aktsiyasida mingdan ziyod harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari faol qatnashdi.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yosh avlodni jismonan chiniqtirish va sport orqali ayollarimiz salomatligini yanada mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan tadbir Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani “EKO” bozori oldidan “Feruza” massivi bo‘ylab o‘tkazildi.

Yurish aktsiyasi ishtirokchilariga Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestri hamkorxlik qildi.
“Finish” chizig‘ida ommaviy tadbir ishtirokchilari uchun Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli jamoasi tomonidan kontsert dasturi namoyish etildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati