“Botanika bog‘i” shanba va yakshanba kunlari ham yurtimiz aholisiga xizmat ko‘rsatadi

25

Kecha, 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi “Botanika bog‘i”da tantanali bayram marosimi o‘tkazildi. Kun davomida bog‘ hududidan o‘rin olgan urush davriga oid harbiy texnikalar, qurol-aslaha hamda o‘sha davrni o‘zida ifodalagan ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Respublika aholisiga qulaylik yaratish maqsadida bog‘ hududiga shanba va yakshanba kunlari (11—12 may) bepul kirib-chiqish ta’minalanadi. Shu kunlarda bog‘ hududidan o‘rin olgan barcha ekspozitsiyalar to‘lig‘ligicha faoliyat ko‘rsatadi. Sahna ko‘rinishlari takroran soat 10.00, 12.00, 14.00, 16.00 va 18.00da qo‘yiladi.

Hozirda bog‘da hamyurtlarimiz uchun Ikkinchi jahon urushi davriga oid “T-34”, “IS-2” tanklari, o‘ziyurar artilleriya qurilmalari, Shoahmad Shomahmudovning oilasiga bag‘ishlangan ekspozitsiya, urush yillarida faoliyat olib borgan qishloq kengashi binosi, zirhli va harbiy avtomobilь namunalari va boshqa shu turdagi ko‘plab installyatsiyalar o‘rin olgan.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmati