Muborakda harbiy-vatanparvarlik festivali

0
1223

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugning Muborak garnizonida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan tuman markazida harbiy-vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

Unda tuman hokimligi va prokuraturasi xodimlari, viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasi ofitserlari, Qurolli Kuchlar faxriylari, koʻp sonli hudud aholisi va yoshlar ishtirok etdi.

Soʻz olganlar tomonidan chekka va olis hududlarda istiqomat qilayotgan yosh oʻgʻil-qizlarning isteʼdodlarini yanada shakllantirish, ularning ilmga va sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish boʻyicha targʻibot tadbirlarni bosqichma-bosqich kuchaytirish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Tadbirga Vatan posbonlarining jangovar chiqishlari, harbiy orkestrning kuy-qoʻshiqlari oʻzgacha fayz bagʻishlagan boʻlsa, yoshlar va harbiy xizmatchilar oʻrtasida oʻtkazilgan turli sport musobaqalari, soʻzlar sehri va mushoiralik kechasi ularning harbiy kasb egalariga boʻlgan hurmatini oshirishga xizmat qildi.

Yoshlarni ona Vatanga sadoqatli va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan festival yakunida musobaqalarda faol qatnashgan yoshlar tashkilotchilarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Festival yakunida gulxan atrofidagi gurung va harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yoshlar kayfiyatini yanada koʻtardi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati