Askarlar Harbiy qasamyod qabul qilishdi

196

Safda turgan yigitlar birin-ketin Harbiy qasamyod qilishni boshladi: “Menoddiy askar ……. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, xalqimga, Prezidentimga sodiq bo‘lishga tantanali ravishda qasamyod qilaman…”. Bu shunchaki aytilgan so‘zlar emas. U yurtga mehr-muhabbati, sadoqati cheksiz dil izhori.

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida joriy yil muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar tantanali tarzda Harbiy qasamyod qabul qilishdi.

Harbiy qasamyod tantanasida ishtirok etgan inson borki, bugun yurtimizda Vatanga xizmat qilishni sharaf deb biluvchi ana shunday qalbi qaynoq, fidoyi va vatanparvar avlodlar voyaga yetayotganidanbehad shod bo‘lgani, shubhasiz. Ayniqsa bu tantanalarkelajak sari tashlagan qadami muvaffaqiyatli bo‘lgan o‘g‘lonlar va ular ota-onalarining qalbini faxr va iftixorga to‘ldirdi.

Tantanalar Markaziy, Sharqiy, Shimoli-g‘arbiy, Janubi-g‘arbiy maxsus va Toshkent harbiy okruglarida katta shodiyona bilan nishonlandi.

Tadbirlarda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, vazirlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari,askarlarning ota-onalari ishtirok etib, bugun milliy armiyamiz saflarini to‘ldirib, yurtni himoya qilishdek muqaddas burchni bajarishga shay turgan yigitlarni samimiy tabriklashdi. Ularga sharafli yo‘lda ulkan omadlar yor bo‘lishini tilashdi.

Shodiyonalar Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli va mahalliy san’atkorlar tomonidan taqdim etilgan konsert dasturi hamda harbiy xizmatchilarning ko‘rgazmali chiqishlari bilan yanada fayzli bo‘ldi.

Tantanali tadbirlar nihoyasiga yetgach, askarlar o‘z xursandchiligini ota-onalari, yaqinlari bilan baham ko‘rishdi.